Click to listen highlighted text!

#press_tur Nukus shahridagi 6-sonli maktab faoliyati bilan tanishildi

03.03.2026 17:09:20 8 Баспаға шығарыў

2026-yil 3-mart kuni tashkil etilgan press-tur doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari Nukus shahridagi 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Press-tur davomida ta’lim muassasasida “Kasbiy rivojlanish kuni” hamda “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining tashkil etilishi, metodik ishlar jarayoni va fanlar kesimida o‘tkazilayotgan ochiq darslar namoyish etildi. Jarayonlarda o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or pedagogik yondashuvlarni amaliyotga joriy etish hamda ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan ishlar atroflicha yoritildi. Shuningdek, filologiya yo‘nalishidagi mashg‘ulotlar, pedagoglar bilan ochiq muloqotlar hamda “Xalqim dana desam bo‘lar” to‘garagi faoliyati OAV vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi. Mazkur press-tur ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar va kasbiy rivojlanish jarayonlarini keng jamoatchilikka yetkazish imkonini berdi.  

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!