Click to listen highlighted text!

Bo'lim: Ahamiyatli yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurash – yorug‘ kelajagimiz poydevori

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida ta’lim sohasida korrupsiya holatlariga qarshi kurashish va ularning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan “Korrupsiyaga qarshi kurash – yorug‘ kelajagimiz poydevori” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Nukus shahar Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i T. Utemuratov, O‘zbekiston “Adolat” SDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi o‘rinbosari Sh. To‘reshova, markaz kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar hamda tinglovchilar ishtirok […]

Til va tarix darslarini interfaol o‘yinlar orqali jonlantirish: samarali pedagogik yondashuvlar

Pedagogik mahorat markazida ta’lim sifatini oshirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘quv jarayoniga joriy etish maqsadida xalqaro mutaxassis Albert De La Peña ishtirokida malaka oshirish kurslari doirasida “Til va tarixni o‘rgatishda o‘yinni o‘zgartiruvchilar” mavzusida trening tashkil etildi. Mazkur malaka oshirish darsinda o‘qituvchilar turli mazmunli, o‘quvchilarga yo‘naltirilgan sinf o‘yinlari bilan tanishtirildi. Trening jarayonida ishtirokchilar nafaqat samarali pedagogik […]

#TANLOV #2_KUN “O‘qish savodxonlari” tanlovi davom etmoqda

 Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “O‘qish savodxonlari” tanlovi jarayonlari davom etmoqda. Tanlov o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, o‘qish hamda matnni tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Ayni paytda tanlov bosqichlari Nukus shahri, Qanliko‘l hamda Shimboy tumanlaridagi maktablarda o‘tkazilmoqda. Jarayonlar Pedagogik mahorat markazi metodistlari tomonidan kuzatilib, metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Tanlov yakunida eng yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar […]

«Xalqaro baholash tizimi» mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilar uchun “Xalqaro baholash tizimi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Mazkur seminar ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarning zamonaviy baholash tizimlari haqidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratildi. Seminarda trenerlar — Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlang‘ich ta’lim metodistlari Ametova Shaxribonu hamda Allashova Nursuluıw tomonidan o‘qib tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish, matn bilan samarali ishlash, matnlardagi kalit so‘zlarni […]

Erta nikohning oldini olish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida yoshlar o‘rtasida erta nikohning oldini olishga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi. Seminar-treningda Pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilar ishtirok etdi. Tadbirni Pedagogik mahorat markazi direktori Gulistan Kojabaeva kirish so‘zi bilan ochib berib, yoshlarning kelajagi, ularning ma’naviy va jismoniy barkamolligi, shuningdek, hayotga mas’uliyat bilan yondashishning muhimligi haqida so‘z yuritdi. Seminar davomida xalqaro trener […]

Ziyoli ayol – jamiyat tayanchi

  2026-yil 7-mart kuni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan “Ziyoli ayol – jamiyat rivojlanishining tayanchi” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Qoraqalpoq davlat universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Ella Suletbaeva mehmon sifatida ishtirok etdi. Tadbirning asosiy maqsadi […]

AZIZ VA MUHTARAM ONAJONLAR, QADRLI OPA-SINGILLAR!

  Sizlarni bahorning eng go‘zal ayyomi bo‘lgan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazi nomidan samimiy tabriklayman. Barchangizga o‘zimning eng ezgu va samimiy tilaklarimni bildirib, doimo oilangiz, yaqinlaringiz bilan el-yurtimiz ardog‘ida bo‘lish baxtini tilayman. Ayol-qiz oila va jamiyat tayanchi, hayotimiz ko‘rki va ma’naviyatimiz mezonidir. Yurtimizda xotin-qizlarni ulug‘lash, ularning sha’ni va […]

Darslarda Geymifikatsiya: Xalqaro Mutaxassis Ishtirokida Trening O‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida ta’lim sifatini oshirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘quv jarayoniga joriy etish maqsadida xalqaro mutaxassis Albert De La Peña ishtirokida malaka oshirish treningi bo‘lib o‘tdi. Trening “Qiziqarli sinf o‘yini orqali dinamik darslarni tashkil etish” mavzusiga bag‘ishlandi. Trening davomida ishtirokchilar bir qator interaktiv ta’lim o‘yinlarini o‘rgandilar va ularni amaliyotda sinab ko‘rish imkoniyatiga ega […]

Olam goʻzalligi- gultoji ayol

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Olam goʻzalligi- gultoji ayol” deb nomlangan bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Bugungi kunda mamlakatimizda Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida xotin-qizlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan. Pedagogik mahorat markazida tashkil etilgan ushbu tantanali tadbir ham […]

Back To Top
Click to listen highlighted text!