Click to listen highlighted text!

Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida memorandum imzolandi

19.10.2026 09:35:05 18 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi hamda Qozog‘iston Respublikasidagi Chimkent universiteti huzuridagi «Pedagogika va psixologiya» ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda pedagog kadrlarning kasbiy rivojlanishi sohalarida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan memorandum imzolandi. Mazkur memorandumning asosiy maqsadi pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim sifatini yanada yuksaltirish, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga keng joriy etishdan iborat. Hamkorlik doirasida pedagog kadrlarning malakasini oshirish va kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy-amaliy seminarlar, akademik uchrashuvlar hamda qo‘shma tadbirlarni tashkil etish, ilmiy nashrlar va ilg‘or tajribalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qisqa muddatli akademik dasturlarni amalga oshirish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va xalqaro ilmiy-pedagogik aloqalarni mustahkamlash ko‘zda tutilgan.

Back To Top
Click to listen highlighted text!