Seminarning beshinchi kuni «Sun‘iy intellektdan nemis tili darslarida foydalanish” mavzusida olib borildi. Seminarda ishtirokchilar nemis tili darslarida sun‘iy intellekt imkoniyatlarini qo‘llash, ta‘lim samaradorligini oshirish, shuningdek, yangi metodik yondashuvlardan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Seminarning asosiy maqsadi – nemis tili fanidan dars beruvchi pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni […]