Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining Ilmiy-metodik kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Akademik faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.B. Qaypnazarov ochib berdi va olib bordi. Majlis kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin oldi: Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi, Amaliy fanlar hamda Maktabdan tashqari ta’lim metodikasi kafedralari faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish; Kafedralarda ilmiy-metodik ishlarning bajarilish holatini ko‘rib chiqish; Qayta […]
“Sun’iy intellekt ta’limda samarali dars uchun aqlli yechimlar” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.
#EDUTALK_WEEKLY Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini oshirish va zamonaviy ta’limda sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish maqsadida “Sun’iy intellekt ta’limda samarali dars uchun aqlli yechimlar” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi. Seminarni “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Dilfuza Qutlimuratova olib bordi. Tadbir davomida ishtirokchilarga sun’iy intellektning ta’lim sohasidagi qo‘llanilishi, dars samaradorligini oshirishga […]
«AQLVOY» AVTOBUSI KEGEYLI TUMANIDA
Maxsus avtobus Kegeyli tumaniga olis «Ichan qal’a» ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan «To‘reniyazov Zamir Pishenbaevich» nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga borib, bu yerdagi pedagoglarga o‘zlari yashaydigan va ishlaydigan joylaridan uzoqlashmagan holda uzluksiz kasbiy rivojlanishi, bilimlarini yangilashi uchun imkoniyat yaratildi. Mobil malaka oshirish kursida metodik mahorat kuni dasturi asosida mavzular belgilangan, Pedagogik mahorat markazi o‘qituvchilari Gauxar Eshmuratova […]
UNICEF xalqaro ekspertlari ishtirokida uch kunlik seminar-trening yakunlandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida “Maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida o‘tkazilgan uch kunlik seminar-trening o‘z yakuniga yetdi. Seminar-treningta Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazir o‘rinbosari M.Shlimbetova va Pedagogik mahorat markaz direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi B.Iztileuov so‘zga chiqib, ishtirokchilarga trening davomida olgan amaliy ko‘nikmalarini maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo‘llash orqali ish jarayonini samarali tashkil […]
Pedagogik mahorat markazida tinglovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Bugun Pedagogik mahorat markazining Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘lim boshlig‘i Miiros Uteniyazov tinglovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tadbirda uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarini ilg‘or pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalar asosida samarali tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. M.Uteniyazov zamonaviy ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik yondashuvlar, raqamli texnologiyalardan foydalanish, innovatsion o‘qitish usullarini qo‘llash va o‘quv kurslari sifatini oshirish zarurligini […]
Qoraqalpog‘iston Respublikasida maktabgacha ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha seminar-trening boshlandi
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida “Maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida uch kunlik seminar-trening o‘z ishini boshladi. Tadbirning asosiy maqsadi — Qoraqalpog‘iston Respublikasida maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, tizimda faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning kasbiy salohiyatini mustahkamlash hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni amaliyotga joriy etishdan iborat. Seminar-treningni markaz direktori vaqtincha vazifasini bajaruvchi Iztileuov Baymurat Doírovich ochib berdi. […]
Pedagogik mahorat markazida Ozarbayjon tajribasi asosida seminar tashkil etildi
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida markaz professor-o‘qituvchilari tomonidan Ozarbayjon tajribasi asosida seminar tashkil etildi. Seminarda Ozarbayjon Davlat Pedagogika Universiteti Guba filialida o‘tkazilgan “Inklyuziv ta’lim va STEAM texnologiyalari: xalqaro tajriba va ilg‘or ta’lim modellari” mavzusidagi malaka oshirish kursida egallangan bilim va tajribalar muhokama qilindi. Tadbir davomida xorijiy tajribalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini […]
Kutubxona mutaxassislarining kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan mahorat darsi o‘tkazildi
Pedagogik mahorat markazining “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot-kutubxona markazi hamkorligida “Metodistlar, bibliograflar, katalogizatorlar maktabi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — kutubxona xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish, ularning zamonaviy axborot-kutubxona texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda metodik faoliyatda ilg‘or tajribalarni ommalashtirishdan iboratdir. Amaliy mashg‘ulotlar Genjegul Ubbiniyazova (Pedagogik mahorat markazi), shuningdek […]
#EDUTALK_WEEKLY Pedagogik mahorat markazida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini oshirish hamda metodik salohiyatini mustahkamlash maqsadida navbatdagi amaliy seminar tashkil etildi. Seminar “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi dotsenti G. Yusupova tomonidan “O‘quvchilarni PIRLSga tayyorlashda ularning yozma fikrlarini shakllantiruvchi metodlar” mavzusida o‘tkazildi. Tadbir davomida PIRLS xalqaro baholash dasturining mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Seminar ishtirokchilariga «FSMU,» […]




