#Maktabgacha_taʼlim Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagoglarning malakasini oshirish va innovatsion tajribalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha navbatdagi o‘quv kursi boshlandi. 17 –19-sentabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 3 kunlik o‘quv seminar-trening o‘tkazilmoqda. Seminar yakunida pedagoglar: mashg‘ulotlarni zamonaviy innovatsion metodlar asosida tashkil qilish; STEAM texnologiyasi va interfaol o‘yinlarni darslarga tatbiq etish; NEL Framework dasturi asosida mashg‘ulotlar tuzish, […]
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2025–2026-o‘quv yili uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlariga start berildi.
Mazkur tadbirlar doirasida Pedagogik mahorat markazida 11 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha master-trenerlar tomonidan mentor-trenerlarni tayyorlashga qaratilgan trening mashg‘ulotlari tashkil etildi. Treninglarda o‘quv natijalarini yaxshilashga xizmat qiluvchi samarali baholash va fikr-mulohaza berish madaniyati, loyihaga asoslangan ta’lim texnologiyalari, shaxsiy va kasbiy rivojlanish maqsadlari hamda bola xavfsizligi bo‘yicha nazariy va amaliy mavzular yoritilmoqda. Tadbirlarning maqsadi – pedagoglarning kasbiy […]