O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida: ➖ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — […]
Erkinjon Turdimov: Ta’limdagi har bir o‘zgarish yoshlar hayotida sezilishi kerak
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov vazirlik tizimi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda yoshlar, o‘quvchi va talabalarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish, ularning dardini eshitish, sifatli ta’lim olishi uchun yanada yaxshi sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Bola bog‘chaga borishi, o‘quvchi maktabda puxta bilim olishi, talaba esa egallagan bilimi va […]
SUN’IY INTELLEKT — TA’LIMDA YANGI IMKONIYATLAR: XALQARO SEMINAR YAKUNLANDI
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Jorjtaun universiteti hamkorligida Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etilgan “Ta’lim jarayonida generativ sun’iy intellektdan foydalanish va onlayn kurslarni ishlab chiqish” mavzusidagi xalqaro o‘quv-amaliy seminar yakunlandi. Mazkur xalqaro seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari hamda Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari ham faol ishtirok etib, ta’lim jarayonida […]
XUSHXABAR! ⚡Pedagogik mahorat markazi katta o‘qituvchisi “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq, 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi Yusupov Quwanısh Dauletbaevich O‘zbekiston Respublikasi “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Mazkur mukofot ustozning ta’lim-tarbiya sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, yuksak pedagogik mahorati, kasbiga sadoqati hamda ta’lim […]
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvidagi nutqidan asosiy fikrlar (ikkinchi qism):
Yangi ishlab chiqarish quvvatlarini qurish, energiyani saqlashning zamonaviy tizimlarini rivojlantirish va yangi energetika yo‘laklarini yaratishni yaxshiroq muvofiqlashtirish imkonini beruvchi kam uglerodli energetika salohiyati bo‘yicha qo‘shma konsepsiyani tayyorlash taklifi bildirildi; Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha Amaliy chora-tadbirlar o‘n yilligi to‘g‘risidagi umumiy tashabbusni to‘liq amalga oshirish muhimligi qayd etildi; O‘zbekiston Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasida raislik […]
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvidagi nutqidan asosiy fikrlar (birinchi qism):
So‘nggi yillarda Markaziy Osiyodagi munosabatlarning muhiti o‘zgardi, yetakchilar tez-tez uchrashib, masalalarni ochiq muhokama qilib, yechimlar topib, bir-birini qo‘llab-quvvatlay boshladi; XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish maqsadida Do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani tuzish jarayonlarining yakunlanishi tarixiy voqea bo‘ldi; Mintaqa xalqaro maydonda ancha ishonchli va sezilarliroq tarzda namoyon bo‘lmoqda; Markaziy Osiyo va qo‘shni mintaqalar o‘rtasidagi hamkorlikning […]
#Mnemotexnika TA’LIM JARAYONIDA AXBOROTNI YODDA SAQLASHNING SAMARALI USULLARI
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilarning kasbiy-metodik kompetensiyalarini rivojlantirish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etish hamda o‘zaro tajriba almashish maqsadida Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchilari G. Baytileuova va G. Orinbaeva tomonidan “Mnemotexnika usuli” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Seminar davomida ishtirokchilar mnemotexnik topshiriqlarni bajarish orqali axborotni samarali yodda saqlash usullarini amaliy mashg‘ulotlar asosida sinab […]
Qatag‘on qurbonlari xotirlandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida «Qatag‘on qurbonlarini yod etish orqali yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori G.Kojabayeva, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Kengashi apparatining Madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo‘limi mudiri G.Tlepov, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘limi boshlig‘i M.Davilbayev, markazning professor-o‘qituvchilari […]
Pedagogik mahorat markazida oktabr oyidagi malaka oshirish kurslari boshlandi
🎥Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida oktabr oyiga mo‘ljallangan pedagoglarning kasbiy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan malaka oshirish kurslari boshlandi. O‘quv mashg‘ulotlari davomida pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, zamonaviy ta’lim yondashuvlarini o‘zlashtirish hamda ilg‘or pedagogik tajribalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha o‘quvlar tashkil etilmoqda. Shuningdek, oy davomida amaliy mashg‘ulotlar, seminar-treninglar va zamonaviy pedagogik texnologiyalarga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
#KasbiyRivojlanishKuni #IjtimoiyFanlar Tayanch maktablarda pedagoglarning kasbiy rivojlanish tadbiri boshlandi
Bugun respublikamizdagi tayanch maktablarda Ijtimoiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari boshlandi. Tadbirlar “Ijtimoiy-emotsional ta’lim (SEL) asosida pedagogning kasbiy farovonligi va barqarorligini ta’minlash — samarali ta’limning asosiy omili” mavzusida o‘tkazilmoqda. Tadbirlarning asosiy natijalari: pedagoglarning ijtimoiy-emotsional kompetensiyalarini rivojlantirish; kasbiy zo‘riqishlarni boshqarish va barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish; dars jarayonida SEL yondashuvlaridan samarali foydalanish usullarini […]




