Click to listen highlighted text!

Yil: 2026

Pedagogik mahorat markazida Kengash majlisi bo‘lib o‘tdi

  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining navbatdagi Kengash majlisi bo‘lib o‘tdi. Kengash majlisini markaz direktori G. Ko‘jaboyeva ochib berdi va olib bordi. Yig‘ilishda markaz kafedra va bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilar hamda metodistlar ishtirok etdi. Majlis davomida markazning kafedra va bo‘limlari tomonidan joriy yilning o‘tgan to‘rt oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi. Erishilgan yutuqlar bilan […]

To‘lepbergen Qayipbergenov – qoraqalpoq adabiyotining atoqli namoyandasi

 Bugun O‘zbekiston Qahramoni To‘lepbergen Qayipbergenov tug‘ilgan kuni 1929-yil 7-may sanasida Kegeyli tumanining Sho‘rtanboy qishlog‘ida (hozirgi Nukus tumani hududida) dunyoga kelgan. Uning birinchi qissasi «Sekretar» degan nom bilan bosilib chiqadi. Eng dastlabki hikoya va ocherklari «Bloknot so‘zlaydi» nomli to‘plamida chop etildi. Hozirgacha «Muallimga rahmat,» «Sovuq tomchi,» «Uyqusiz tunlar» qissalari, «Qoraqalpoq qizi,» «Qoraqalpoq dostoni,» «Ko‘zning qorachig‘i,» «Qoraqalpoqnoma» […]

“Metodik zakovat” – bilim va tajriba maydoni

 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari tomonidan tinglovchilar o‘rtasida “Metodik zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Intellektual bellashuvda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tinglovchilaridan iborat quyidagi jamoalar faol ishtirok etdi: Ziyrak  tarbiyachilar, Yosh tarbiyachilar, Tarbiya ildizlari, Zukko tarbiyachilar. O‘yinning asosiy maqsadi tinglovchilar o‘rtasida tajriba almashish, ularning intellektual salohiyatini oshirish hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdan […]

Ta’limda raqamli texnologiyalar: amaliy seminar o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida xalqaro ekspert Albert De La Peña ishtirokida “Ta’limda raqamli texnologiyalar” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi. Seminar davomida tinglovchilarga: ✍️raqamli texnologiyalarni dars jarayoniga samarali integratsiya qilish, ✍️interfaol metodlar orqali o‘quvchilar faolligini oshirish, ✍️zamonaviy baholash yondashuvlaridan foydalanish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalar berildi. Amaliy mashg‘ulotlar jarayonida ishtirokchilar zamonaviy raqamli vositalar bilan ishlash malakasini […]

«Sinektika usuli» mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini oshirish va metodik salohiyatini mustahkamlash maqsadida Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasining katta o‘qituvchisi Dilfuza Qutlimuratova tomonidan «Sinektika metodi» mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Seminarda markaz direktori Gulistan Kojabaeva ishtirok etib, zamonaviy ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Shuningdek, sinektika metodi o‘qituvchilarning ijodiy […]

Kibermadaniyatni rivojlantirish – muhim vazifa

So‘nggi yillarda mamlakatimizda raqamli texnologiyalar jadal rivojlanib, fuqarolarning internetdan foydalanish imkoniyatlari kengayib bormoqda. Bu esa shaxsiy ma’lumotlar va bank karta xavfsizligini ta’minlashda yuqori mas’uliyatni talab etadi. Sababi, ko‘plab fuqarolarimiz, internet firibgarlarining yolg‘on aldovlariga uchrab, bilib-bilmay shaxsiy va bank karta ma’lumotlarini berishi natijasida, moddiy va ma’naviy zarar ko‘rayotganligi kuzatilmoqda. Aholidan kelib tushgan murojaatlar bank kartalari bilan […]

#seminar Mo‘ynoqda kutubxonachilar uchun respublika o‘quv-seminari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi «Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi orasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-9-sonli qarori va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 5-mart kungi 89-sonli buyrug‘ini ta’minlash maqsadida Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi G. Ubbiniyazova tomonidan Mo‘ynoq tumanida respublika kutubxonachilari uchun maxsus o‘quv-seminari tashkil etildi. Seminar davomida maktab kutubxonalarini modernizatsiya qilish […]

#ommalashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida O‘quv-metodik kengash ishi qizg‘in davom etmoqda!

  Ommalashtirish.uz platformasi orqali o‘qituvchilar tomonidan taqdim etilgan metodik ishlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 27-fevraldagi 84-sonli buyrug‘ida belgilangan baholash mezonlari asosida o‘rganilmoqda. Hozirgi vaqtda jarayonning ikkinchi bosqichi – mazmunli ekspertiza ishlari olib borilmoqda. Metodik ishilarni xolis baholash maqsadida O‘quv-metodik kengash tarkibi soha mutaxassislaridan shakllantirilgan. Unda metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limining metodistlari; kafedralarning professor-o‘qituvchilari; Ixtisoslashtirilgan […]

Back To Top
Click to listen highlighted text!