Joriy yilning 25-mart kuni «Ijtimoiy va iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasi katta o‘qituvchisi N.Tleumuratova tomonidan uzluksiz kasbiy rivojlantirish Tarbiya guruhida «O‘qitishning interfaol usullari (Kognitiv va psixomotor ko‘nikmalarni rivojlantirish usullari) » mavzusida interfaol dars tashkil etildi. Interfaol darsning maqsadi: o‘quvchilarni muhokama va tahlil jarayoniga jalb etish orqali tanqidiy fikrlash va muammolarni yechish hamda ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdan iborat.
Darsda tinglovchilarga o‘qitishning interfaol usullari bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.