2026 yil 17 oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 19 ta tayanch maktabida boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha «Kasbiy rivojlanish kuni» tadbirlari o‘tkazildi. Tasdiqlangan reja-grafik asosida 30 nafar mentor-o‘qituvchi tomonidan 742 nafar yetakchi o‘qituvchi uchun seminar o‘tkazildi. Tadbirlarning asosiy mavzusi – «Pedagogning kasbiy farovonligi va barqarorligini ta’minlash – samarali ta’limning asosiy omili. Bu borada mentor-trenerlar tomonidan yetakchi o‘qituvchilar […]
Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida memorandum imzolandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi hamda Qozog‘iston Respublikasidagi Chimkent universiteti huzuridagi «Pedagogika va psixologiya» ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda pedagog kadrlarning kasbiy rivojlanishi sohalarida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan memorandum imzolandi. Mazkur memorandumning asosiy maqsadi pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim sifatini yanada yuksaltirish, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga keng […]
XORIJIY MEHMONLAR QORAQALPOG‘ISTONNING BOY MADANIY MEROSI BILAN TANISHDI
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi tomonidan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish uchun tashrif buyurgan xorijiy mehmonlar uchun I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat san’at muzeyiga sayohat tashkil etildi. Sayahat davomida mehmonlar muzeyning noyob san’at asarlari, boy ekspozitsiyalari hamda xalqimizning boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlar Qoraqalpog‘istonning boy tarixi, betakror san’ati va milliy qadriyatlarini yaqindan […]
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi va Chimkent universiteti o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi
#Memorandum Memorandum Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori Kojabaeva Gulistan Talasbaevna va Chimkent universiteti Akademik xizmatlar departamenti boshlig‘i, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi Mambetova Lyazzat Maratovna tomonidan imzolandi. Mazkur hamkorlikning asosiy maqsadi pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim sifatini yuksaltirish, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etishdan iborat. […]




