Click to listen highlighted text!

Kun: 20.10.2026

BILIMLAR BELLASHUVI: “ZAKOVAT” — TIL BILIMDONLARI MAYDONDA!

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kunini munosib nishonlash, davlat tilining nufuzi va mavqeyini yanada oshirish maqsadida “O‘zbek tili bilimdoni” mavzusida zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi. Intellektual bellashuvda markazning o‘zbek tili va adabiyoti hamda davlat tili fani o‘qituvchilaridan iborat 3 ta jamoa o‘zaro kuch sinashdi. Ishtirokchilar ona tilimizning boyligi, adabiyotimiz durdonalari […]

TA’LIMDA SHAFFOFLIK — KORRUPSIYAGA QARSHI KAFOLAT

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida korrupsiyaning oldini olish, jamiyatda halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlashga bag‘ishlangan “Korrupsiyaning oldini olishda ta’limning roli” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi Nukus shahri yuridik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Tumur Utemuratov hamda bosh yuriskonsult Artyqbay Seytnazarov, shuningdek, Pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari ishtirok etdi. Yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad […]

BUYUK SHOIR MEROSI — AVLODLAR QALBIDA

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Laura Orimbetova tomonidan rus tili va adabiyoti fani kursi tinglovchilari ishtirokida taniqli rus shoiri Sergey Aleksandrovich Yesenin tavalludining 131 yilligiga bag‘ishlangan «Певец русской души» nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Sergey Aleksandrovich Yesenin — rus adabiyotining taniqli namoyandasi, lirik she’riyat ustasi. Uning ijodida Vatanga muhabbat, […]

NEMIS TILI O‘QITUVCHILARI UCHUN O‘QUV KURSLARI BOSHLANDI

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Gyote-Institutining O‘zbekistondagi filiali hamkorligida nemis tili o‘qituvchilari uchun besh kunlik o‘quv kurslari boshlandi. Mazkur kurslar Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan nemis tili o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish, xorijiy tilni o‘qitishning zamonaviy yondashuvlarini o‘zlashtirish hamda ilg‘or pedagogik tajribalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish maqsadida tashkil etildi. Mashg‘ulotlar Gyote-Institutining tajribali trenerlari tomonidan olib […]

Back To Top
Click to listen highlighted text!