2026-yil 23–24-oktabr kunlari UNICEF, Google for Education va STEM Solution hamkorligida IŞONÇ 2030 loyihasi doirasida “Google ta’lim vositalari orqali raqamli inklyuziya va barça uçun qulay ta’lim” mavzusida treninglar taşkil etildi. Respublika böyiça tanlab olingan 50 ta pilot inklyuziv maktabning 5 tasi Qoraqalpoğiston Respublikasida joylaşgan. Mazkur maktablarda pedagoglarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantiriş va inklyuziv ta’lim imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan treninglar bosqiçma-bosqiç ötkazilmoqda. Jumladan, treninglar quyidagi maktablarda taşkil etilişi rejalaştirilgan: Nukus şahri: 8-maktab — 23–24-oktabr; 34-maktab — 13–14-noyabr; Beruniy tumani: 36-maktab — 30–31-oktabr; Möynoq tumani: 3-maktab — 4–5-noyabr; Taxtaköpir tumani: 5-maktab — 6–7-noyabr. Treninglarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi katta öqituvçisi Dilfuza Qutlimuratova hamda Metodik xizmat körsatiş bölimi metodisti Abdikadir Bayniyazov trener sifatida iştirok etmoqda. Maşğulotlar davomida pedagoglarga Çromebook qurilmalaridan foydalaniş, Google Workspace for Education platformasi imkoniyatlari, Gemini sun’iy intellekt vositalari hamda inklyuziv ta’limni qöllab-quvvatlovçi raqamli yeçimlar böyiça nazariy bilimlar va amaliy könikmalar berilmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi — pedagoglarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantiriş, ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni samarali joriy etiş hamda barça öquvçilar uçun qulay, inklyuziv va teng ta’lim imkoniyatlarini yaratişdan iborat. 










