Bugun, 14-mart kuni tuman (shahar) lardagi tayanch maktablarda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining Ingliz tili fani yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi (Cluster-school CPD activity) «Kasbiy rivojlanish kuni» tadbiri o‘tkazilmoqda. Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad: o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ijodiy izlanish va o‘z bilimini muntazam boyitib borish, zamonaviy o‘qitish metodikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat. Ma’lumot uchun: […]
Kegeyli tumanida «Kasbiy rivojlanish kuni» tadbirlari boshlandi
Kegeyli tumanida «Kasbiy rivojlanish kuni» tadbirlari boshlandi. Kegeyli tumanidagi tayanch sifatida belgilangan 14-maktabda mazkur maktabga biriktirilgan 39 ta tabiiy fanlar bo‘yicha yetakchi o‘qituvchilar 2 ta guruhda o‘quv jarayonlarida ishtirok etmoqda.
«Aqlvoy» avtobusi bilan uzoq qishloqlardagi o‘quv darslari boshlandi
Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan mobil malaka oshirish xizmatlari asosida tashkil etilgan avtobus Qoraqalpog’iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi uchun ham ajratilib, ushbu mobil malaka oshirish xizmatlari respublikamizning olis va chekka hududlarida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlari uchun o‘z ishini boshlab yubordi. Mobil malaka oshirish xizmatlari auditoriya ko‘rinishidagi qayta jihozlangan avtobus […]
«AQLVOY» AVTOBUSI O‘Z ISHINI BOSHLADI.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 30 sentyabrdagi PP-152-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markaziga, respublikaning olis va chekka hududlarida joylashgan davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlari uchun mobil malaka oshirish xizmatlarini yo‘lga qo‘yish uchun «Aqlvoy» avtobusi berilgan edi. Bugun, ushbu […]
Nukus shahridagi 1,19,36,37-sonli maktablarda aniq fan yo‘nalishida KRS tadbirlarining tashkil etilish jarayoni o‘rganib chiqildi
Nukus shahridagi 1,19,36,37-sonli maktablarda aniq fan yo‘nalishida KRS tadbirlarining tashkil etilish jarayoni o‘rganib chiqildi. «Metodik xizmat ko‘rsatish» bo‘limi metodistlari tomonidan «Kasbiy rivojlanish soati» tadbirida aniq fan o‘qituvchilari bilan suhbatlashib, ularning fikr-mulohazalarini tinglab, ularga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, metodistlar tomonidan yetakchi pedagoglarga metodik yordamlar ko‘rsatildi.
Joylarda «Metodik mahorat kuni» tadbirlari boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 30 sentyabrdagi «Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining maxsus buyruqlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida malaka oshirishning «Metodik mahorat kuni» va «Metodik mahorat soati» tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Bugun respublikamizdagi 25 ta tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotida […]
Ingliz tili o‘qituvchilari uchun «KRK» tadbirlari tashkil etildi
28 fevral kuni ingliz tili fani yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi (Cluster-school CPD activity) «Kasbiy rivojlanish kuni» tadbiri tashkil etildi. Ma’lumot uchun: Qoraqalpog‘iston Respublikasida ingliz tili fani bo‘yicha 19 tayanch maktabda 29 mentor o‘qituvchi 714 yetakchi o‘qituvchilarga «Kasbiy rivojlanish kuni» tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 31-yanvardagi 34-sonli buyrug‘iga asosan boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida kasbiy rivojlanish tadbirlari sifatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida boshlang‘ich ta’lim mentor o‘qituvchilar uchun pedagogik mahorat markazida seminar trening bo‘lib o‘tdi. Seminar treningda boshlang‘ich ta’lim master treneri N.Artikbayeva tomonidan 1-modul «Bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim» bo‘yicha keng ma’lumotlar berildi. Unda bola shaxsiga […]
SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI
Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning ilg‘or tajribalarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga tatbiq etish maqsadida Monsi Richard Mokete tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining Matematika fani bo‘yicha kasbiy rivojlanish kursi tinglovchilariga «O‘quvchilarda loyiha orqali tanqidiy fikrlashni shakllantirish» mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad zamonaviy metodikalar bilan tanishish, ta’lim sohasidagi yangiliklar bilan bo‘lishish hamda o‘quvchilarda kreativ […]
Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining birinchi bosqichi aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishida davom etmoqda
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024 yil 7 avgustdagi 246-son buyrugʻiga asosan “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining birinchi bosqichi aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishida davom etmoqda. Ayni paytda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida, Beruniy tumani 1 sonli maktabda, Qong’irot tumani 35 sonli maktabda aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishida tashkil etilgan navbatdagi o’quv-treninglarda […]




