12-fevral kuni mentor o‘qituvchilar tomonidan har bir tuman va shahar hududidagi tayanch maktablarda tabiiy fan yo‘nalishi bo‘yicha «Kasbiy rivojlanish kuni» tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Ma’lumot uchun: Qoraqalpog‘iston Respublikasida Tabiiy fanlar bo‘yicha 17 tayanch maktabda 29 mentor o‘qituvchi 724 yetakchi o‘qituvchiga KRKda seminar o‘tkazildi.
BOSHLANG‘ICH SINF YO‘NALISHI BO‘YICHA MENTOR-O‘QITUVCHILAR UCHUN ONLAYN O‘QUV KURSI O‘TKAZILMOQDA
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025 yil 31 yanvardagi 34-sonli buyrug‘iga asosan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun «Kasbiy rivojlanish kuni» va «Kasbiy rivojlanish soati» tadbirlarini tashkil etish belgilangan. Boshlang‘ich sinf yo‘nalishidagi kasbiy rivojlanish tadbirlarining sifatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida joriy yilning 12-14-fevral kunlari oralig‘ida mentor-o‘qituvchilar uchun A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti […]




