S’celo Velenkosini Zulu tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining Fizika fani bo‘yicha kasbiy rivojlanish kursi tinglovchilariga «Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi» mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningda tinglovchilar mamlakatimizda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bosqichma-bosqich joriy etilayotgan «Mezonlarga yo‘naltirilgan baholash tizimi» haqida ma’lumotlar, baholash turlari, formativ va summativ baholash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun «KRK» va «KRS» tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha master trenerlarni tayyorlash o‘quv kursi davom etmoqda.
️Bugun Pedagogik mahorat markazida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga «Kasbiy rivojlanish kuni – KRS» va «Kasbiy rivojlanish soati – KRS» tadbirlarini kaskad usulida tashkil etish bo‘yicha master trenerlarni tayyorlash qisqa muddatli o‘quv kursi davom etmoqda. ️Seminarga ZOOM platformasi orqali Pedagogik mahorat markazida, Beruniy tumani 1-maktabda, Qo‘ng‘irot tumani 35-sonli maktabda tashkil etilgan studiyalarda boshlang‘ich […]




