2025-yil 7-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan «Mardlar himoya qiladi Ona Vatan» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Afg‘on urushi faxriysi Maqsad Xudayberganov mehmon sifatida ishtirok etdi. U Ikkinchi jahon urushi va Afg‘on urushi yillarida xalqimiz boshidan o‘tkazgan og‘ir qiyinchiliklar, mashaqqatli kunlar, yo‘qotishlar haqida so‘zlab berdi. […]
XOTIRA – ULUG‘ QADRIYAT.
2025-yil 8-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasi, «Tarbiya» kasbiy rivojlanish (malaka oshirish) kursi tinglovchilari tomonidan 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan «ESLASH – BUYUK QADRIYAT» nomli tonggi tadbir tashkil etildi. Tadbirda urush yillarining og‘ir kunlari, xalqimizning sabr-toqati, birdamligi va matonati yodga olindi. Chunki ular bizning tariximiz, faxrimiz. Tadbir […]
Professor-oʻqituvchilar uchun yangi imkoniyat! Xabaringiz bor, yaqinda Prezidentimizning tegishli farmoni bilan Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etildi.
Universitetda 2025-2026-oʻquv yilida xorijiy taʼlim dasturlari asosida Aniq fanlar maktabi tashkil etilib, unda Matematika, Axborot texnologiyalari hamda Sunʼiy intellekt va robototexnika yoʻnalishlarida 400 nafar talaba qabul qilinishi koʻzda tutilgan. Aniq fanlar maktabida hisob (calculus), dasturlash, fizika, chiziqli algebra, diskrit matematika, maʼlumotlar tuzilmalari va algoritmlar, sunʼiy intellekt va robototexnika, ingliz tili fanlaridan dars beruvchi professor-oʻqituvchilar tanlab […]