Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini oshirish hamda metodik salohiyatini mustahkamlash maqsadida navbatdagi amaliy seminar tashkil etildi. Seminar “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi dotsenti G. Yusupova tomonidan “O‘quvchilarni PIRLSga tayyorlashda ularning yozma fikrlarini shakllantiruvchi metodlar” mavzusida o‘tkazildi. Tadbir davomida PIRLS xalqaro baholash dasturining mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Seminar ishtirokchilariga «FSMU,» […]