Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida “Maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida uch kunlik seminar-trening o‘z ishini boshladi. Tadbirning asosiy maqsadi — Qoraqalpog‘iston Respublikasida maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, tizimda faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning kasbiy salohiyatini mustahkamlash hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni amaliyotga joriy etishdan iborat. Seminar-treningni markaz direktori vaqtincha vazifasini bajaruvchi Iztileuov Baymurat Doírovich ochib berdi. […]




