Mazkur jarayonlarda respublika bo‘yicha jami 369 nafar o‘quvchilar ishtirok etmoqda. Ular qoraqalpoq, o‘zbek hamda rus tillarida o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazadilar. Ushbu xalqaro tadqiqot o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash, ta’lim sifatini yanada oshirish va xalqaro tajribalarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.



