Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini oshirish va metodik salohiyatini mustahkamlash maqsadida navbatdagi amaliy seminar tashkil etildi. Bu seminar «Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari» kafedrasi dotsenti G.Yusupova tomonidan «O‘quvchilarga axborotli matnlarni o‘tkazishda «PASPORT yaratish» metodidan samarali foydalanish» mavzusida olib borildi. Seminarda markaz direktori Gulistan Kojabaeva ishtirok etib, ta’lim sifatini oshirishda zamonaviy pedagogik […]



