Click to listen highlighted text!

Oy: Aprel 2026

«Sinektika usuli» mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini oshirish va metodik salohiyatini mustahkamlash maqsadida Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasining katta o‘qituvchisi Dilfuza Qutlimuratova tomonidan «Sinektika metodi» mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Seminarda markaz direktori Gulistan Kojabaeva ishtirok etib, zamonaviy ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Shuningdek, sinektika metodi o‘qituvchilarning ijodiy […]

Kibermadaniyatni rivojlantirish – muhim vazifa

So‘nggi yillarda mamlakatimizda raqamli texnologiyalar jadal rivojlanib, fuqarolarning internetdan foydalanish imkoniyatlari kengayib bormoqda. Bu esa shaxsiy ma’lumotlar va bank karta xavfsizligini ta’minlashda yuqori mas’uliyatni talab etadi. Sababi, ko‘plab fuqarolarimiz, internet firibgarlarining yolg‘on aldovlariga uchrab, bilib-bilmay shaxsiy va bank karta ma’lumotlarini berishi natijasida, moddiy va ma’naviy zarar ko‘rayotganligi kuzatilmoqda. Aholidan kelib tushgan murojaatlar bank kartalari bilan […]

#seminar Mo‘ynoqda kutubxonachilar uchun respublika o‘quv-seminari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi «Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi orasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-9-sonli qarori va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 5-mart kungi 89-sonli buyrug‘ini ta’minlash maqsadida Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi G. Ubbiniyazova tomonidan Mo‘ynoq tumanida respublika kutubxonachilari uchun maxsus o‘quv-seminari tashkil etildi. Seminar davomida maktab kutubxonalarini modernizatsiya qilish […]

#ommalashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida O‘quv-metodik kengash ishi qizg‘in davom etmoqda!

  Ommalashtirish.uz platformasi orqali o‘qituvchilar tomonidan taqdim etilgan metodik ishlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 27-fevraldagi 84-sonli buyrug‘ida belgilangan baholash mezonlari asosida o‘rganilmoqda. Hozirgi vaqtda jarayonning ikkinchi bosqichi – mazmunli ekspertiza ishlari olib borilmoqda. Metodik ishilarni xolis baholash maqsadida O‘quv-metodik kengash tarkibi soha mutaxassislaridan shakllantirilgan. Unda metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limining metodistlari; kafedralarning professor-o‘qituvchilari; Ixtisoslashtirilgan […]

#EDUTALK_WEEKLY Pedagogik mahorat markazida amaliy seminar tashkil etildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini oshirish va metodik salohiyatini mustahkamlash maqsadida navbatdagi amaliy seminar tashkil etildi. Bu seminar «Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari» kafedrasi dotsenti G.Yusupova tomonidan «O‘quvchilarga axborotli matnlarni o‘tkazishda «PASPORT yaratish» metodidan samarali foydalanish» mavzusida olib borildi. Seminarda markaz direktori Gulistan Kojabaeva ishtirok etib, ta’lim sifatini oshirishda zamonaviy pedagogik […]

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiда malaka oshirish kurslari tashkil etildi

Pedagogik mahorat markazlari professor-o‘qituvchilari va metodistlari uchun malaka oshirish kurslari A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etildi. Mazkur kurslarda hududiy pedagogik mahorat markazlaridan jami 53 nafar tinglovchi ishtirok etmoqda. Ular orasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari va metodistlari ham faol qatnashmoqda . O‘quv mashg‘ulotlari bir oy davomida 100 soatlik dastur asosida olib borilib, […]

Malaka oshirish kursi tinglovchilarining yakuniy attestatsiya sinovlari o‘tkazilmoqda

Ayni vaqtda markazda aprel oyida tashkil etilgan 100 soatlik malaka oshirish kursi tinglovchilarining yakuniy attestatsiya sinovlari o‘tkazilmoqda. Loyiha ishlari va mikrodarslar jarayonida markaz direktori Gulistan Kojabaeva ham qatnashib, pedagoglarning doimiy izlanishda bo‘lishi va kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borishi muhim ekanini alohida ta’kidladi. Test sinovlari, loyiha ishi va mikrodars taqdimoti shaklida olib borilayotgan yakuniy malaka ishi […]

Back To Top
Click to listen highlighted text!