Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kunini munosib nishonlash, davlat tilining nufuzi va mavqeyini yanada oshirish maqsadida “O‘zbek tili bilimdoni” mavzusida zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi. Intellektual bellashuvda markazning o‘zbek tili va adabiyoti hamda davlat tili fani o‘qituvchilaridan iborat 3 ta jamoa o‘zaro kuch sinashdi. Ishtirokchilar ona tilimizning boyligi, adabiyotimiz durdonalari va tilshunoslikka oid bilimlarini namoyon etib, mantiqiy fikrlash va tezkor javob berish mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar. Qizg‘in va mazmunli o‘tgan o‘yin yakunida jamoalarning natijalari sarhisob qilinib, g‘olib jamoa aniqlandi. 









