Click to listen highlighted text!

Qoraqalpog‘iston: maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglari uchun yangi Markaz ishga tushdi

19.06.2025 18:25:46 92 Баспаға шығарыў

☄️Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida tashkil etilgan Maktabgacha ta’lim pedagoglari malakasini oshirish markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) mutaxassislari, Pedagogik mahorat markazi direktori Venera Bekmuratova, markaz professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari ishtirok etdi.

Markaz direktori Venera Bekmuratova rahbarligida tashkil etilib, unda ishtirokchilarga loyiha doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, pedagog kadrlar malakasini oshirishning transformatsiya jarayoni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ma’lumot o‘rnida: ushbu markaz Vazirlik, Islom taraqqiyot banki va UNICEF hamkorligida amalga oshirilayotgan «O‘zbekiston Respublikasida sifatli maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi doirasida tashkil etildi.

Loyiha doirasida 11 ta shunday Markazlar tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu kelgusida maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlar hamda direktorlar uchun bevosita o‘z hududida malaka oshirish imkonini beradi.

UNICEF tomonidan taqdim etilgan zamonaviy texnik uskunalar asosida tashkil etilgan o‘quv xonasi, kompyuter va laboratoriya xonalari maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni yuqori darajada tashkil etishga imkon beradi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!