Click to listen highlighted text!

«Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi» mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

20.06.2025 11:56:06 51 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktorining xalqaro maslahatchisi S’celo Velenkosini Zulu tomonidan Qoraqalpoq tili va adabiyoti fani uzluksiz kasbiy rivojlanish kursi tinglovchilariga «Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi» mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Trening davomida o‘qituvchilar o‘quv jarayonida baholash mezonlarini to‘g‘ri tuzish, ularni amaliyotga tatbiq etish, shuningdek, shaffof va xolis baholash tizimini yaratish bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan tanishdi.

Dars interfaol usulda o‘tkazilib, Formativ va summativ baholashda mezonlardan foydalanish usullari, O‘quvchining individual yutuqlarini aniqlashda mezonlarning roli haqida keng ma’lumot berildi.

Seminarda tinglovchilar dars jarayonlarida yangi baholash mexanizmlarini sinovdan o‘tkazish va o‘zaro tajriba almashish rejasini belgilab oldi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!