Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi dotsenti G.Yusupova tashabbusi bilan tinglovchilarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini oshirishga qaratilgan «Zamonaviy boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari» nomli tanlov o‘tkazildi.
Tanlovda 6 ta boshlang‘ich guruhdan 5 nafar tinglovchi qatnashib, o‘z bilim, iqtidor va ijodiy qobiliyatlarini namoyish etdi.
Tanlov 3 bosqichda o‘tkazildi.
Tanlovning eng qiziqarli bosqichi – «Biz korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaymiz!» shiori ostida yaratilgan sahna ko‘rinishi bo‘ldi. Tinglovchilar korrupsiya muammosiga bag‘ishlangan ssenariy orqali halollik, adolat va kasbga sadoqat g‘oyalarini ta’sirchan tarzda sahnalashtirib, barchada katta taassurot qoldirdi.
Tanlov yakunida hakamlar hay’ati barcha guruhlarning faolligi, kreativ yondashuvi va jamoaviy ruhini yuqori baholab, nominatsiyalar bilan taqdirlandi.
Ushbu tanlov nafaqat bilim va ijodkorlikni, balki jamiyatda halollik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qilgan chinakam tarbiyaviy tadbir sifatida tarixda qoldi.