Click to listen highlighted text!

“Ekologik xavfsizlik va uni ta’minlash yo‘nalishlari”

25.06.2025 16:49:17 83 Баспаға шығарыў

2025-yil iyun oyida “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasining katta o‘qituvchisi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) S. Usenov tomonidan Fizika fani kurs tinglovchilari uchun “Ekologik xavfsizlik va uni ta’minlash yo‘nalishlari” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Mazkur darsda global ekologik muammolar, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, shuningdek, ekologik xavfsizlikni ta’minlashda davlat siyosati va xalqaro hamkorlik masalalari muhim mavzulardan biri sifatida yoritildi. Dars jarayoni interaktiv usullar asosida tashkil etilib, ekologik muhitga oid dolzarb masalalar guruhda muhokamalar, savol-javoblar va keys-stadi metodlari orqali tahlil qilindi. Tadbirning asosiy maqsadi — pedagog tinglovchilarning ekologik madaniyatini oshirish, fanlararo yondashuv asosida barqaror taraqqiyotga oid tushunchalarni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!