2025-yil 4-oktyabr kuni mamlakatimiz bo‘ylab boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlariga start berildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida mazkur jarayonga 19 ta tayanch maktab, 30 nafar mentor hamda 734 nafar yetakchi o‘qituvchi jalb qilindi. Tadbir doirasida quyidagi mavzularda ma’ruzalar va muhokamalar tashkil etildi: Shaxsiy va kasbiy rivojlanishning maqsad va natijalari; Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash xalqaro dasturi hamda PIRLS–2021 tadqiqoti natijalari; O‘zbekistonning PIRLS–2026 xalqaro baholash tadqiqotida ishtiroki hamda o‘qish savodxonligi bo‘yicha baholash mezonlari. Mazkur tadbirlar o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish va o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini rivojlantirishga xizmat qiladi.