Click to listen highlighted text!

Prezident maktabi tajribasi asosida mahorat darsi tashkil etildi

20.10.2025 11:02:45 8 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi «Tillarni o‘qitish metodikasi» kafedrasi va Nukus shahridagi Prezident maktabi hamkorligi doirasida «Prezident maktabi modelini umumta’lim maktabi tajribasiga tatbiq etish yo‘llari» mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Tadbir davomida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida qoraqalpoq tili va adabiyoti darslarini Kembrij tajribasi namunasida tashkil etishning samarali metodik usullari va amaliy tajribalari taqdim etildi.

Seminar-treningning asosiy maqsadi – o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish orqali o‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Darslarni Pedagogik mahorat markazi Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Guliston Qanatova va Prezident maktabining oliy toifali qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Xurlixon Abdijabbarova hamkorlikda olib bordi.

Tadbir davomida o‘qituvchilarga Prezident maktabi tajribasini umumiy o‘rta maktablar sharoitida samarali moslashtirish yo‘llari va innovatsion o‘qitish texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatlari ko‘rsatildi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!