Click to listen highlighted text!

Ijtimoiy tarmoqlardagi yot g‘oyalarga qarshi seminar-trening

20.10.2025 11:10:48 8 Баспаға шығарыў

2025-yil 17-oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida tarbiya kursi tinglovchilar uchun “Ijtimoiy tarmoqlardagi yot g‘oyalarga qarshi kurashish va mafkuraviy immunitetni kuchaytirish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Trening davomida “Feyk yoki fakt?” va “Poster tayyorlash” kabi interaktiv topshiriqlar, shuningdek, psixologik mashg‘ulotlar orqali ishtirokchilarda tanqidiy fikrlash va axborot xurujlariga nisbatan ongli munosabat shakllantirildi. Tadbir yakunida pedagoglarning axborot makonidagi faolligi va mafkuraviy barqarorligi muhim omil sifatida ta’kidlandi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!