Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida musiqa fani tinglovchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Bellashuvda 4 ta jamoa ishtirok etdi. Maqsad: tinglovchilarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy va tezkor fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, shuningdek, jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash. Qizg‘in bahs va munozaralarga boy kechgan bellashuvda ishtirokchilar o‘zlarining bilim va intellektual salohiyati, tezkor fikrlashi hamda mantiqiy tafakkurini namoyon etdilar. Mazkur intellektual o‘yin Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi katta o‘qituvchisi, musiqa madaniyati fani o‘qituvchisi Manzura Seytjanova tomonidan tashkil etildi.





