Click to listen highlighted text!

Assalomu alaykum, hurmatli vatandoshlar, qadrli ustozlar!

21.03.2026 15:48:53 7 Баспаға шығарыў

Sizlarni va oila a’zolarini tabiat uyg‘onishi, yangilanish va yosharish, mehr-oqibat hamda bag‘rikenglik ayyomi bo‘lgan Navro‘z bayrami bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etaman!

Navro‘z asrlar davomida xalqimizning eng sevimli  bayramlaridan biri bo‘lib kelgan.

Ushbu qutlug‘ ayyom insonlarni tinchlik va totuvlikni qadrlashga, bir-biriga mehr-oqibatli bo‘lishga, yurtimizda hukm surayotgan osoyishtalikni asrab-avaylashga undaydi.

Ayniqsa, ustozlarimizning jamiyatdagi o‘rni beqiyos bo‘lib, ularning fidokorona mehnati kelajak avlodni barkamol etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yilgi Navro‘z bayramining muborak Ramazon oyiga to‘g‘ri kelayotgani uning ma’naviy ahamiyatini yanada oshirib, qalblarimizni ezgulik va shukronalik tuyg‘ulari bilan to‘ldirmoqda.Bu esa har birimizni yanada mehribon, saxovatli va bag‘rikeng bo‘lishga chorlaydi.

Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik va farovonlik, kasbiy faoliyatingizda yangi yutuq va zafarlar tilayman.

Yurtimizda doimo tinchlik-osoyishtalik hukm sursin, xalqimiz farovon va baxtli hayot kechirsin! Navro‘z bayrami barchamizga muborak bo‘lsin! Hurmat bilan,

Kojabaeva Gulistan Talasbaevna.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazi direktori

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!