Click to listen highlighted text!

BUYUK SHOIR MEROSI — AVLODLAR QALBIDA

20.10.2026 09:44:40 10 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Laura Orimbetova tomonidan rus tili va adabiyoti fani kursi tinglovchilari ishtirokida taniqli rus shoiri Sergey Aleksandrovich Yesenin tavalludining 131 yilligiga bag‘ishlangan «Певец русской души» nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Sergey Aleksandrovich Yesenin — rus adabiyotining taniqli namoyandasi, lirik she’riyat ustasi. Uning ijodida Vatanga muhabbat, tabiat go‘zalligi va insoniy kechinmalar chuqur badiiy ifodasini topgan. Tadbir davomida ishtirokchilar shoirning hayoti va ijodiy faoliyati bilan yaqindan tanishib, uning adabiy merosi va rus she’riyatida tutgan o‘rni haqida fikr almashdilar.

Back To Top
Click to listen highlighted text!