Click to listen highlighted text!

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi. Davlatimiz rahbari forumning yalpi majlisida nutq so’zlaydi.

27.04.2023 14:35:02 148 Баспаға шығарыў

     Sessiyada Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon al-Jassir, Qirg’iziston Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov, BMT Bosh kotibining o’rinbosari Olga Algaerova, Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suxayl al-Mazruiy, Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad, «ACWA Power» kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abdulla Abunayyan ham qatnashadi. Sessiyaga Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining kommunikatsiya masalalari bo’yicha direktori Jonatan Charlz moderatorlik qiladi.

Davlatimiz rahbari forum doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o’tkazishi ham rejalashtirilgan.

Umuman, tadbirda 70 mamlakatdan kelgan 2,5 mingga yaqin ishbilarmon doiralar va bank-moliya sohasi vakillari ishtirok etadi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!