Click to listen highlighted text!

E’LON

04.05.2023 15:43:38 227 Баспаға шығарыў

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGASHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI

QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASI PEDAGOGLARNI YANGI METODIKALARGA ORGATISH MILLIY MARKAZI

Yangi metodikalar: zamonaviy pedagoglarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishi garovi mavzusida xalqaro (onlayn/offlayn) ilmiy-amaliy konferensiya

AXBOROT XATI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-son Farmoni va pedagogik markazning yillik ish-rejasiga muvofiq 2023 yil 24-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagoglarni yangi metodikalarga orgatish milliy markazida Yangi metodikalar: zamonaviy pedagoglarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishi garovi mavzusida xalqaro (onlayn/offlayn) ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilishi rejalashtirilgan va ma’ruzachilar ishtiroki uchun Zoom havolasi taqdim etiladi.

Konferensiya tillari: o‘zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz

Konferensiyaning maqsadi: Konferensiya pedagogika ilmiy yo‘nalishi bilan bog‘liq bo‘lib, unda pedagoglarni kasbiy va shaxsiy rivojlantirish, shuningdek, respublikamizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar bo‘yicha o‘zaro fikr almashish, yosh olim, magistrant, doktorant va mutaxassislarning ilmiy-tadqiqot ishlarining sifati va samaradorligini oshirish, respublika yosh tadqiqotchilarning tajribalari o‘rganish masalalari muhokama etish va ilg‘or texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar yaratish.

Konferensiya quyidagi sho‘balar bo‘yicha ish olib borishi rejalashtirilgan:

1-sho‘ba. Pedagogika, psixologiya va metodika sohasidagi so‘nggi yangiliklar, xalqaro tajribalar

2-sho‘ba.O’quv-tarbiyaviy jarayonni samarali tashkil etishning zamonaviy shakllari

3-sho‘ba.O’quv-tarbiyaviy jarayonda raqamli texnologiyalardan foydalanish masalalari

4-sho‘ba.Maktab o‘qituvchilarining o‘quv jarayoniga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash va shaxsiy intellektual rivojlanishini ta’minlash masalalari

5-sho‘ba.Yangi metodikalarni joriy etish pedagoglarning  kasbiy rivojlanishining asosiy omili

Konferensiya doirasida quyidagi ish shakllari rejalashtirilgan.

1.Yalpi majlis

2.Sho‘balar ishi

Konferensiya materiallari 2023-yil 20-maygacha qabul qilinadi.

Materiallarni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar:

Konferensiya materiallarini to‘plam shaklida chop etilishi rejalashtirilgan. Maqola hajmi 3 betdan kam bo‘lmasligi talab etiladi.

Matn o‘zbek, qoraqalpoq, ingliz va rus tillarida Microsoft Word muharriridan foydalangan holda Times New Roman shriftida, 14 pt o‘lcham, 1,5 interval oralig‘ida, pastdan va tepadan 2,0 sm, chapdan 3,0 sm, o‘ngdan 1,5 sm qoldirilgan holda yoziladi. Barcha siltamalar tik qavs ichida muallifning familiyasi va manbaning beti ko‘rsatiladi: [1,62-b].

Bayon etilgan ma’lumotlarning ilmiy-nazariy asoslanganligi va metodologik jihatlari bo‘yicha muallif ma’suldir.

Maqola ustida o‘rtadan qalin katta harflar bilan maqola nomi, keyingi qatorda kichik harflar bilan o‘rtadan muallifning ismi, familiyasi, ilmiy darajasi va unvoni, lavozimi, keyingi qatorda ish (yoki o‘qish) joyi, manzili ko‘rsatiladi.

Konferensiya materiallari elektron to‘plam shakliga keltiriladi pedagogik markazning http://kkrpm.uz  saytiga joylashtiriladi.

Konferensiyaga o‘z materallari bilan ishtirok etish bepul.

Bir muallif hammualiflikni qo‘shganda 2 ta maqoladan ortig‘ida ishtirok eta olmaydi.

Materiallar  telegram manzili orqali eloktron variantta qabul qilinadi. Talabga javob bermaydigan tezislar anjuman dasturiga va to‘plamga kiritilmaydi hamda mualliflarga qaytarilmaydi.

Konferensiya materiallarini qabul qilishga mas’ullar:

Xudaybergenov Baxit (93) 487-48-50

Eshmuratova Gulnaz (90) 706-77-84

Manzil: 230105. Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Nukus shahri, Yernazar Alako‘z ko‘chasi, 54

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!