Click to listen highlighted text!

Bobur – dilbar shaxs” mavzusida   davra suhbati  tadbiri o’tkazildi

14.02.2024 15:19:50 105 Баспаға шығарыў

❇️ 14 – fevral kuni shoh va shoir deya ta’riflangan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan ,, Bobur – dilbar shaxs” mavzusida davra suhbati tadbiri o’tkazildi.

❇️ Davra suhbatida Tillarni o‘qitish metodikasi professor-o‘qituvchilari va milliy markazning O‘zbek tili va adabiyoti va O‘zbek (davlat) tili fani tinglovchilari qatnashdilar.

❇️ Barchaga ma’lumki, shoh va shoir deya ta’rif berilgan Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 – yil 14 – fevral kuni hozirgi Andijon viloyatida tug’ilgan.

❇️ Yoshligidan Navoiy lirikasiga qiziqib 1500 – yillardan o’z ijodini boshladi va adabiyot ixlosmandlariga ,,Boburnoma», ,,Muhtasar», bir necha lirik devonlar meros qoldirdi. Shoirning ,,Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur» deya boshlanuvchi ruboiysini bilmagan, eshitmagan inson bo’lmasa kerak.

 

❇️ Davra suhbatida aynan mana shu boy adabiy meros haqida suhbat va fikr almashishlar tashkil qilinib shoirning ijod olamiga ramziy sayohat qilindi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!