Pedagogik mahorat markazida yangi tizim asosida tashkil etilgan malaka oshirish kurslarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 iyundagi «Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 231-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 20 dekabrdagi «Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 867-sonli qarorlariga asosan mamlakatimizda maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarining rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning uzluksiz tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktorining Akademik faoliyat bo‘yicha o‘rinbosari Amirxon Qaypnazarov so‘zga chiqib, tinglovchilarga uzluksiz kasbiy rivojlanish yo‘nalishida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishtirdi.
Kurs davomida tinglovchilar pedagogik yangiliklar va zamonaviy metodikalarga ega bo‘ladilar.