Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Jiemuratova Gulxan va Fanlarni rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi Allaniyazova Indira bilan hamkorlikda «Iqtisodiy bilim asoslari» fani tinglovchilari uchun «Iqtisodiy bilim asoslari» fanini o‘qitishda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish» mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarning asosiy maqsadi – o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, dars jarayonida kundalik hayotdan misollardan samarali foydalanish hamda o‘quvchilarda kreativlik va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida: amaliy topshiriqlar orqali o‘qitish, muammoli vaziyatlar asosida dars o‘tkazish, interfaol metodlardan samarali foydalanish, o‘quvchilarda moliyaviy savodxonlik va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 









