Click to listen highlighted text!

Muallif: admin_kkrpm

TAYINLOV Bekmuratova Venera Djoldasbaevna Qoraqalpog’iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori lavozimga tayinlandi

O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug’i bilan Bekmuratova Venera Djoldasbaevna Qoraqalpog’iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori lavozimga tayinlandi. V.Bekmuratova lavozimga tayinlangunga qadar Nukus shahridagi Prezident maktabi direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

QRPMM metodik xizmat ko’rsatish metodistlari tomonidan namunali ochiq darslar tashkil etildi

 2024-yil  4-oktabr kuni yangi baholash tizimi joriy etilgan Taxiatosh tumanidagi  5-sonli umumta’lim maktabida 2023-2024-o’quv yilida   o’quvchilarning summativ baholash natijalarii tahliliga ko’ra manzilli metodik yordam ko’rsatish maqsadida   QRPMM metodik xizmat ko’rsatish metodistlari tomonidan namunali ochiq darslar tashkil etildi. Shuningdek, fan o’qituvchilari darslari tahlil qilindi. O’zlashtirilishi qiyin bo’lgan mavzular yuzasidan metodik tavsiyalar berildi.

“Loyiha tushunchasi va loyiha ta’limining mazmun mohiyati” mavzusida binar dars tashkil etildi

Bugun 4-oktabr sanasida “Tillarni o’qitish metodikasi” kafedrasining katta oqituvchisi G.Ayekeeva va M.Urazbaev tomonidan O’zbek (davlat) tili fani tinglovchilariga “Loyiha tushunchasi va loyiha ta’limining mazmun mohiyati” mavzusida binar dars tashkil etildi.                         Darsda loyiha texnologiyasi bo’yicha tinglovchilar 10-sinf O’zbek tili darsligida berilgan “Davr qahromanlari” mavzusida loyiha tayyorladilar. So’ngra guruhlarga bo’lingan tinglovchilar, o’zlari tayyorlagan loyiha ishlarini taqdimot […]

«Kasbiy rivojlantirish kuni» va «Kasbiy rivojlantirish soati» tadbirlarining birinchi bosqich seminar-treninglari davom ettirilmoqda

Qoraqalpog’iston Respublikasida 2024 yil 25 sentyabr kuni «Kasbiy rivojlantirish kuni» va «Kasbiy rivojlantirish soati» tadbirlarining birinchi bosqich seminar-treninglari davom ettirilmoqda. Qoraqalpog’iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida, Qo‘ng’irot va Beruniy tumanlarida  tabiiy fanlarning 4 nafar master-trenerlari va 29 nafar mentor o‘qituvchilari uchun seminar-trening jarayonlari boshlandi.

Ayni-paytda “Hamkorlikda ishlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishning zamonaviy metodlari” mavzusida seminar – trening mashg‘uloti o‘tkazilmoqta

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi, Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchilari M.Razzakova, M.Urazbayev va U.Matmuratov tomonidan O‘zbek (davlat) tili fani tinglovchilar uchun “Hamkorlikda ishlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishning zamonaviy metodlari” mavzusida seminar – trening mashg‘uloti tashkil etilmoqtadi.  XXI asr kompetensiyalari deya ta’riflanayotgan 4K ko‘nikmalari har bir o‘quvchida shakllantirilishi kerak degan maqsaddan kelib chiqqan holda tashkil qilingan […]

«Zamonaviy darslarni qanday tashkil qilish kerak?» mavzusida seminar o’tkazildi

Qoraqalpog’iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida kimyo, biologiya fani tinglovchilariga NDPI kimyo o’qitish metodikasi kafedrasining o’qituvchisi Zulfiya Bekturganova va kimyo fani metodisti Nargiza Saatbayevalar tomonidan «Zamonaviy darslarni qanday tashkil qilish kerak?» mavzusida seminar o’tkazildi.  Seminarda ishtirokchilariga zamonaviy darslar va yangi pedagogik texnologiya, metodlar haqida ma’lumot berildi. Seminar so’ngida tinglovchilarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi.  

Qoraqalpog’iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Aniq fanlar yoʻnalishida master-trener va mentor-oʻqituvchilar uchun oʻquv jarayonlari boshlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 7-avgustdagi 246-sonli buyrug’ida ko’zda tutilgan maqsadlarning mazmun-mohiyati asosida joriy yilning 19-sentabr kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Aniq fanlar yoʻnalishida master-trener va mentor-oʻqituvchilar uchun oʻquv jarayonlari boshlandi. Seminar-treningda A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy Instituti mas’ul xodimi va Qoraqalpog’iston Respublikasi pedagogik mahorat markazining 4 nafar koordinatorlari, 4 nafar Aniq fanlar […]

MAKTABLARDA YANGI BAHOLASH TIZIMI JORIY QILINMOQDA

Joriy yilning 9-sentyabr sanasidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining maxsus reja-grafigi asosida vazirlikning Ta’lim sifati monitoringini tashkil etish bo‘limi, Respublika ta’lim markazi va Pedagogik mahorat markazi metodistlari 2024-2025 o‘quv yilida yangi baholash tizimiga o‘tkazilgan jami 44 ta umumta’lim maktabiga amaliy yordam bermoqda. Seminarda maktab rahbarlari va o‘qituvchilariga yangi baholash tizimini joriy etish […]

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!