Click to listen highlighted text!

Muallif: admin_kkrpm

#Ochiq_muloqot Professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tkaziladigan seminar-treninglar bo‘yicha ochiq muloqot

Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilar tomonidan tashkil etiladigan seminar-trening va mahorat darslarining mazmuni hamda samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazildi. Ochiq muloqot davomida markaz professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilayotgan seminar-treninglarning maqsadi, o‘quv mashg‘ulotlarining amaliy yo‘nalishi, shuningdek, mashg‘ulotlarni zamonaviy pedagogik yondashuvlar va innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Dars jarayonlarida interfaol usullar hamda raqamli texnologiyalardan […]

Ko’rgazma Iqbol

2026 yil 16-yanvar kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi Ko‘rgazmalar saroyida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy a’zosi Sarsenbay Baybosinovning «Iqbol» nomli shaxsiy ko‘rgazmasining ochilishi va yaqinda nashrdan chiqqan rassom ijodiga bag‘ishlangan albom-katalog taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur madaniy-ma’rifiy tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi […]

Pedagogik mahorat markazida «Zakovat» intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida tinglovchilarning mantiqiy bilimlarini oshirish va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida «Zakovat» intellektual o‘yini tashkil etildi. Mazkur tadbirda markazning malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan umumta’lim maktablari o‘quv ishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etishdi. Intellektual musobaqa «Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari metodikasi» kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etildi. O‘yinning asosiy […]

🔈Aholi va qishloq xo’jaligini ro‘yxatga olish jarayonlari boshlandi

🗣️Mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga start berildi. ▶️Mazkur strategik jarayonda shaxsiy namuna ko‘rsatish maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori v.b. Baymurat Iztileuov census.stat.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. 📌Ushbu tadbir yurtimizning kelajakdagi ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarini ishlab chiqishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi. ✔️Pedagogik mahorat markazi barchani ushbu muhim davlat tadbirida faol bo‘lishga […]

Xalqaro tadqiqotlar doirasidagi o‘quv-trening yakunlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida “O‘qish savodxonligini baholash va rivojlantirish” mavzusiga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy trening mashg‘ulotlari o‘z nihoyasiga yetdi. Mazkur tadbir xalqaro baholash dasturlari talablariga mos ravishda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning matnni tushunish va tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida tashkil etildi. Treningda umumta’lim maktablarining direktor o‘rinbosarlari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, mentor-o‘qituvchilar va metodistlar faol ishtirok etdi. Yakunda […]

“O‘qish savodxonligini baholash va rivojlantirish” mavzusidagi trening mashg‘ulotlari o‘z ishini izchil davom ettirmoqda

Treningning ikkinchi kunida ishtirokchilar o‘qib tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ilg‘or amaliy usullar, o‘quvchilarga raqamli matnlarning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rgatish, shuningdek, o‘qib tushunish strategiyalarini samarali tushuntirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etmoqda. Shuningdek, trening jarayonida xalqaro tadqiqotlar natijalari asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar ishtirokchilarning xalqaro baholash topshiriqlariga tahliliy yondashuvini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Bola huquqlari – kelajak kafolati” mavzusida tadbir o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi N. Tileumuratova tasviriy san’at va chizmachilik fani kursi tinglovchilari uchun “Bola huquqlari – kelajak kafolati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy va huquqiy ta’lim tadbiri tashkil etdi. Tadbir davomida ishtirokchilar bolalar huquqlari, ularni himoya qilish mexanizmlari va pedagogik mas’uliyat bo‘yicha bilimlarni mustahkamladi, interaktiv muhokama va rolli o‘yinlar orqali […]

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

  Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi B. Iztileuov so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni ushbu muhim sana bilan samimiy tabrikladi. Shuningdek, yurtimizda hurmatli Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar […]

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!