Click to listen highlighted text!

Kun: 01.12.2025

Guba tumani Raxman Mamedov nomidagi Alekseyevka qishlog‘idagi umumta’lim maktabi bilan tanishuv

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining professor-o‘qituvchilari — Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasining katta o‘qituvchilari Gulxan Jiemuratova va Dilfuza Kutlimuratovalar Ozarbayjondagi malaka oshirish safari doirasida Guba tumani, Alekseyevka qishlog‘idagi Raxman Mamedov nomidagi umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi. Maktabda o‘quvchilarning hissiy holatini aniqlash va boshqarishga qaratilgan “REST AREA – GO – SLOW – STOP” tizimi amalda qo‘llanilmoqda. […]

«Guba Maktabi: Pedagoglar Uchun O‘ziga Xos Ilmiy Platforma»

28-noyabr kuni Pedagogik mahorat markazi pedagoglari Ozarbayjondagi malaka oshirish dasturi doirasida Gubadagi Raxman Mamedova nomidagi umumta’lim maktabiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida maktabning tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashuvi, STEAM va raqamli ta’limga asoslangan innovatsion metodlari hamda amaliy mashg‘ulotlarga yo‘naltirilgan ta’lim jarayoni o‘rganildi. Pedagoglar ozarbayjonlik hamkasblari bilan tajriba almashdilar. Maktab jamoasining samimiy kutib olishi hamda ta’lim jarayoniga […]

Qoraqalpog‘istonlik maktab direktorlari – endi Malayziyada! ✈️

#xalqaro_hamkorlik 2025-yil menejerlik kurslarida eng yuqori natijalarga erishgan maktab rahbarlarimiz xalqaro maydonga chiqdi. Amudaryo tumani 40-maktab direktori — Xo‘jamuratova Sanobar Ismailovna Xo‘jayli tumani 23-maktab direktori — Kazakbayeva Klara Kuralbayevna Ular Kuala-Lumpur shahridagi nufuzli Saravak Universitetida malaka oshirish uchun yo‘lga chiqdi. Bu safar — nafaqat o‘qish, balki yangi tajribalar, yangi g‘oyalar va global ta’lim standartlariga yaqin […]

Korruptsiyaga qarshi murosasiz kurash yangi bosqichga ko‘tarilmoqda: Korruptsiyaga qarshi kurash umummilliy harakatga aylanishi kerak

  «Korruptsiyaga qarshi kurashish – umummilliy vazifa, har bir yurtdoshimizning vijdon ishidir.» Bugungi kunda tub islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g’ov bu korruptsiyadir. Korruptsiya oqibatida jahon iqtisodiyoti yiliga 3 trillion dollar zarar ko‘rayotgani – bu global xavf. Korruptsiya illati tufayli jamiyatda adolatsizliklar, ijtimoiy tengsizliklar va yovuz shafqatsizliklar paydo bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev […]

1-dekabr – Qoraqalpoq tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun.

1989-yil 1-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining sessiyasida qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Davlat tili haqida»gi Qonunining 1-moddasiga muvofiq, qoraqalpoq va o‘zbek tillari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat tillari hisoblanadi. Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi bayrami munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz!

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!