Kegeyli tumanida «Kasbiy rivojlanish kuni» tadbirlari boshlandi. Kegeyli tumanidagi tayanch sifatida belgilangan 14-maktabda mazkur maktabga biriktirilgan 39 ta tabiiy fanlar bo‘yicha yetakchi o‘qituvchilar 2 ta guruhda o‘quv jarayonlarida ishtirok etmoqda.
«Aqlvoy» avtobusi bilan uzoq qishloqlardagi o‘quv darslari boshlandi
Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan mobil malaka oshirish xizmatlari asosida tashkil etilgan avtobus Qoraqalpog’iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi uchun ham ajratilib, ushbu mobil malaka oshirish xizmatlari respublikamizning olis va chekka hududlarida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlari uchun o‘z ishini boshlab yubordi. Mobil malaka oshirish xizmatlari auditoriya ko‘rinishidagi qayta jihozlangan avtobus […]
«AQLVOY» AVTOBUSI O‘Z ISHINI BOSHLADI.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 30 sentyabrdagi PP-152-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markaziga, respublikaning olis va chekka hududlarida joylashgan davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlari uchun mobil malaka oshirish xizmatlarini yo‘lga qo‘yish uchun «Aqlvoy» avtobusi berilgan edi. Bugun, ushbu […]
Nukus shahridagi 1,19,36,37-sonli maktablarda aniq fan yo‘nalishida KRS tadbirlarining tashkil etilish jarayoni o‘rganib chiqildi
Nukus shahridagi 1,19,36,37-sonli maktablarda aniq fan yo‘nalishida KRS tadbirlarining tashkil etilish jarayoni o‘rganib chiqildi. «Metodik xizmat ko‘rsatish» bo‘limi metodistlari tomonidan «Kasbiy rivojlanish soati» tadbirida aniq fan o‘qituvchilari bilan suhbatlashib, ularning fikr-mulohazalarini tinglab, ularga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, metodistlar tomonidan yetakchi pedagoglarga metodik yordamlar ko‘rsatildi.




