Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi «Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari» kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 13-mart – qozoq xalqining «Ko‘rishish-amal bayrami» kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda ko‘p millatli Qoraqalpog‘iston hududida hozirgi vaqtda 300 mingga yaqin qozoqlar bo‘lib, ular shu o‘lkada yashovchi boshqa xalqlar bilan bir otaning farzandlaridek tinch-totuv hayot kechirayotganligi aytib o‘tildi. Shu kuni […]
O‘qituvchilar uchun «Kasbiy rivojlanish kuni» tadbiri o‘tkazilmoqda
Bugun, 14-mart kuni tuman (shahar) lardagi tayanch maktablarda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining Ingliz tili fani yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi (Cluster-school CPD activity) «Kasbiy rivojlanish kuni» tadbiri o‘tkazilmoqda. Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad: o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ijodiy izlanish va o‘z bilimini muntazam boyitib borish, zamonaviy o‘qitish metodikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat. Ma’lumot uchun: […]
SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI
Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning ilg‘or tajribalarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga tatbiq etish maqsadida S’celo Velenkosini Zulu tomonidan Pedagogik mahorat markazining Kimyo fani bo‘yicha kasbiy rivojlanish kursi tinglovchilari uchun seminar-trening tashkil etildi. Treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad: kimyo o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini rivojlantirish, zamonaviy metodikalar bilan tanishtirish, ta’lim sifatini oshirish va yangi metodik vositalarni amaliyotga joriy etishdan iborat. […]




