#ochiq_dars Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Dilfuza Qutlimuratova tomonidan boshlang‘ich ta’lim (qoraqalpoq) guruhida «Ta’lim jarayonini raqamlashtirish asoslari» mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Maqsadi: ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlarini tahlil qilish, ularni metodik qo‘llash, shuningdek, pedagoglarga zamonaviy raqamlashtirilgan ta’lim muhitini tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish. Dars davomida raqamli texnologiyalar tushunchasi […]
«Baxtli bolalik» bayram tadbiri o‘tkazildi
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi tomonidan «Baxtli bolalik» mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda maktabgacha ta’lim tarbiyachilari va maktabgacha ta’lim musiqa rahbariyati tomonidan tayyorlangan musiqiy va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Bayram kechasiga bolalar ham taklif etildi va ularga sovg‘alar topshirildi.
Korrupsiya – ziyanli illet
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan «Korrupsiyasiz jamiyat» mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Shirazov joriy yilning 5-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning majlisida ishtirok etib, unda mamlakatimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilganini, oldindagi […]




