☄️Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari Muhabbat Shlimbetova Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida yangi tashkil etilgan Maktabgacha ta’lim pedagoglari malakasini oshirish markazida bo‘lib, u yerda yaratilgan zamonaviy sharoitlar, o‘quv jarayonining texnik va metodik jihatlari bilan yaqindan tanishdi.
Qoraqalpog‘iston: maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglari uchun yangi Markaz ishga tushdi
☄️Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida tashkil etilgan Maktabgacha ta’lim pedagoglari malakasini oshirish markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) mutaxassislari, Pedagogik mahorat markazi direktori Venera Bekmuratova, markaz professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari ishtirok etdi. Markaz direktori Venera Bekmuratova rahbarligida tashkil etilib, unda ishtirokchilarga loyiha doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, pedagog kadrlar malakasini oshirishning […]