Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktorining xalqaro maslahatchisi S’celo Velenkosini Zulu tomonidan Qoraqalpoq tili va adabiyoti fani uzluksiz kasbiy rivojlanish kursi tinglovchilariga «Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi» mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Trening davomida o‘qituvchilar o‘quv jarayonida baholash mezonlarini to‘g‘ri tuzish, ularni amaliyotga tatbiq etish, shuningdek, shaffof va xolis baholash tizimini yaratish bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan tanishdi. […]