Click to listen highlighted text!

Metodik mahorat kuni va Metodik mahorat soati

17.09.2025 17:58:08 26 Баспаға шығарыў

#Maktabgacha_taʼlim Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagoglarning malakasini oshirish va innovatsion tajribalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha navbatdagi o‘quv kursi boshlandi.
 17 –19-sentabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 3 kunlik o‘quv seminar-trening o‘tkazilmoqda. Seminar yakunida pedagoglar:
mashg‘ulotlarni zamonaviy innovatsion metodlar asosida tashkil qilish;
STEAM texnologiyasi va interfaol o‘yinlarni darslarga tatbiq etish;
NEL Framework dasturi asosida mashg‘ulotlar tuzish, kuzatuv va baholash usullaridan foydalanish;
bolalarning mustaqil fikrlashi va ijodiy yondashuvini rivojlantirish bo‘yicha yangi ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Bu esa o‘z navbatida maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonini yanada samarali, qiziqarli va innovatsion qilishga xizmat qiladi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!