Mazkur tadbirlar doirasida Pedagogik mahorat markazida 11 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha master-trenerlar tomonidan mentor-trenerlarni tayyorlashga qaratilgan trening mashg‘ulotlari tashkil etildi. Treninglarda o‘quv natijalarini yaxshilashga xizmat qiluvchi samarali baholash va fikr-mulohaza berish madaniyati, loyihaga asoslangan ta’lim texnologiyalari, shaxsiy va kasbiy rivojlanish maqsadlari hamda bola xavfsizligi bo‘yicha nazariy va amaliy mavzular yoritilmoqda. Tadbirlarning maqsadi – pedagoglarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim jarayoniga zamonaviy metodlarni singdirish va mentor-trenerlar orqali o‘quvchilarga sifatli ta’lim berishdan iborat. Qoraqalpog‘iston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan jami 270 nafar mentor-o‘qituvchi mazkur jarayonga qamrab olindi.