Bugun noyabr oyida tashkil etilgan 100 soatlik malaka oshirish kurs tinglovchilarining yakuniy attestatsiya sinovlari o‘tkazildi. Bunda o‘qituvchilarning kurs davomida o‘rgangan bilim va ko‘nikmalari baholandi. Yakuniy attestatsiya test, loyiha ishi va mikrodars taqdimoti shaklida olib borildi. Tinglovchilar o‘zlari tanlagan mavzularda mustaqil ishlash hamda pedagogik texnologiyalarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Kurs jarayonida tinglovchilar hamkorlikda ishlash orqali […]
XORIJIY HAMKORLIK DOIRASIDA QORAQALPOG‘ISTONLIK PEDAGOGLAR OZARBAYJONDA MALAKA OSHIRMOQDA
O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida, 2025-yil 23–30-noyabr kunlari Ozarbayjon Davlat Pedagogika Universiteti Guba filialida «Inklyuziv ta’lim va STEAM texnologiyalari: xalqaro tajriba va ilg‘or ta’lim modellari» mavzusida xalqaro malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Mazkur xalqaro o‘quv dasturida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining professor-o‘qituvchilari — Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasining katta o‘qituvchilari […]




