Click to listen highlighted text!

Oy: Dekabr 2025

SOVG‘ALAR TOPSHIRILDI, EZGU TILAKLAR BILDIRILDI

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Yangi yil bayrami munosabati bilan “Yangi yil — yangi umidlar!” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Pedagogik mahorat markazi direktori vazifasini bajaruvchi Baymurat Iztileuov so‘zga chiqib, markaz jamoasini kirib kelayotgan 2026 yil bilan samimiy tabrikladi. O‘z nutqida u xodimlarning yil davomida amalga oshirgan samarali mehnati, mas’uliyatli faoliyati va ta’lim sohasidagi xizmatlarini […]

Markaziy Osiyo taraqqiyotining yangi bosqichi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 13–14-noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi sammiti doirasida amalga oshirilgan uchrashuv va tadbirlar yuzasidan “Ma’naviyat soati” tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 13-noyabr 2025-yilda Xalq so‘zi gazetasida e’lon qilingan “Markaziy Osiyo yangi davr bo‘sag‘asida” nomli maqolasi muhokama qilindi. Ma’naviyat soatida Pedagogik mahorat markazining […]

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga Murojaatnomasi boshlandi

“So‘nggi to‘qqiz yilda biz sizlar bilan, el-yurtimiz bilan birgalikda katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdik. Iqtisodiyotimiz yangidan shakllandi, bozor munosabatlari, ijtimoiy himoyani kengaytirdik, qonun ustuvorligini mustahkamladik. Eng muhimi, islohotlarimiz samarasini har bir mahalla, har bir xonadon va har bir inson kundalik hayotida his qilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, biz islohotlarni aniq amaliy natijaga aylantirishni o‘rgandik. Buning […]

Pedagogik mahorat markazida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Pedagogik mahorat markazida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga markaz direktori vazifasini bajaruvchi B. Iztileuov raislik qildi. Kengashda 2025 yil yakunlari bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari va bo‘lim xodimlarining ish faoliyati, mehnat samaradorligi hamda reyting ko‘rsatkichlarini aniqlash va tahlil qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish davomida yil davomida erishilgan natijalar bilan bir qatorda, bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar […]

“Uzluksiz kasbiy rivojlanish: Yil yakuni va natijalari, kelajak istiqbollari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

#Matbuot_konferensiyasi ☄️Joriy yilning 24-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida “Uzluksiz kasbiy rivojlanish: Yil yakuni va natijalari, kelajak istiqbollari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. ✔️Mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori vazifasini bajaruvchi B. Iztileuov, akademik faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari A. Qaypnazarov, shuningdek, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. […]

“Zamonaviy rahbar” tanlovi g‘oliblari ma’lum bo‘ldi! 🏆

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi tomonidan umumta’lim maktablari direktor o‘rinbosarlari tinglovchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zamonaviy rahbar” tanlovi o‘z yakuniga yetdi. Ishtirokchilarning boshqaruv mahorati va innovatsion yondashuvlari baholangan tanlovda quyidagi nomzodlar eng yaxshi deb topildi: Nominatsiya g‘oliblari: Lider boshqaruvchi: Alimova Qizlargul (Chimboy tumani, 38-maktab) Mas’ul rahbar: Eshmurzayeva Amangul (Qo‘ng‘irot tumani, 34-maktab) Kreativ rahbar: Kalmuratov Baxadir (Nukus tumani, […]

Maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan o‘quv seminari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan vazirlik hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlari rahbarlari uchun tashkil etilgan seminarning o‘quv mashg‘ulotlari A.Avloniy nomidagi institutda olib borildi. Unda hududiy boshqarma va tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari, “Kelajak markazlari”, Pedagogik mahorat markazlari masʼullari hamda vazirlik tizimidagi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etdilar. Seminar mashg‘ulotlari vazirlik va institut masʼullari tomonidan olib […]

Islom sivilizatsiya markazida hududiy bo‘linmalar bilan samarali uchrashuv

Yangi yil arafasida mas’ullar bilan tizimda qilingan ishlarni tahlil qilish, kelgusidagi maqsadlarni belgilab olish an’anasi ko’pdan beri bor. Shu maqsadda ayni damda vazirlikning hududiy bo’linmalari mas’ullari poytaxtda yig’ilishdi. Ular ishtirokida seminarlar va taqdimotlar ham rejalashtirilgan. Bugun mazkur tadbirlar doirasida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiya markazida bo‘ldik. Respublikamizning barcha hududlaridan kelgan mas’ullar bilan muassasa faoliyati bilan tanishibgina qolmay, […]

🎄Pedagogik mahorat markazida yangi yil nafasi

❄️Yangi yil bayrami arafasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida bayramona muhit yaratish, jamoa a’zolari va tinglovchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashish maqsadida “Yangi yil kayfiyati” nomli tonggi tadbir tashkil etildi. 🎵Tadbir davomida Yangi yil munosabati bilan tilaklar bildirildi, jonli ijroda qo‘shiqlar yangradi hamda ishtirokchilar uchun qiziqarli viktorina va musobaqalar o‘tkazildi. 🎉Shuningdek, bayram qahramoni — Ayoz ota tomonidan […]

«Metodik zakovat» intellektual o‘yini tashkil etildi.

Pedagogik mahorat markazining Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari tomonidan tinglovchilarning bilim va salohiyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan «Metodik zakovat» intellektual o‘yini tashkil etildi. Mazkur tadbir tinglovchilarning faolligini oshirish, mantiqiy va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda kasbiy bilimlarini amaliy jarayonda namoyon etishdir. Intellektual o‘yinda Musiqa madaniyati fani tinglovchilari ishtirok etdi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zaro raqobatchi emas, balki […]

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!