“Ta’lim fidoyisi” loyihasi doirasida o‘tkazilgan ilmiy va publitsistik maqolalar yo‘nalishidagi tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi o‘qituvchisi Klishov Kadirbay Uzaqbaevich g‘olib deb topildi. U ta’lim sohasidagi fidokorona mehnati, ilmiy izlanishlari va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi faoliyati uchun “Ta’lim fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi jamoasi K. Klishevni ushbu yutuq bilan chin dildan tabriklaydi […]
#Open_Lesson XXI asr ko‘nikmalarini o‘rganamiz: Dilfuza Qutlimuratova bilan interfaol dars
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi katta o‘qituvchisi Dilfuza Qutlimuratova “Informatika” fani tinglovchilari uchun “O‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish” mavzusida ochiq dars o‘tkazdi. Darsda tinglovchilar kreativ fikrlash, muammolarni hal etish va interfaol metodlar orqali amaliy ko‘nikmalarni egalladilar.
Ingliz tili o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbiri o‘tkazildi
7-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tayanch maktablarda ingliz tili fani yo‘nalishida navbatdagi “Kasbiy rivojlanish kuni (KRK)” tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida mentor o‘qituvchilar tomonidan “Dars boshida o‘quvchilarni jalb qilish va darsni boshlash hamda yakunlashning samarali usullari” mavzusi yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning e’tiborini jalb qilish, motivatsiyasini oshirish va ularning darsdagi faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan pedagogik […]
Markazda Asqar Naǵmetullaev — kasaba uyushmasi yangi raisi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida kasaba uyushmasi xodimlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘limi raisi M. Dawılbaev, markaz rahbarlari va barcha xodimlar ishtirok etdi. Ochiq ovoz berish yo‘li orqali Asqar Naǵmetullaev markaz kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi etib saylandi. Yig‘ilishda kasaba uyushmalari mehnatga oid huquqlarni himoya qilishda faol […]




